«Tottenxem» kolumbiyalik yulduzdan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Transfer oynasining so'nggi kunida «An-Nasr» hujumchisi Jon Duran Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin edi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, 22 yoshli kolumbiyalik futbolchining xizmatlari Londonning «Tottenxem» klubiga taklif qilingan. Duranning o'zi «shporlar» safiga ijara asosida o'tishga qiziqish bildirgan edi, biroq poytaxt jamoasi bor e'tiborini Kolo-Muanini saqlab qolishga qaratishga qaror qildi.
Kutilishicha, Duran mavsumning qolgan qismini Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida o'tkazadi. Yaqin vaqt ichida tomonlar barcha zarur hujjatlarni imzolashlari kerak.
Mavsumning birinchi yarmini Duran ijara asosida «Fenerbaxche»da o'tkazdi. Uning hisobida 21 ta o'yin, beshta gol va uchta golli uzatma mavjud.

Bosh sahifaga
404