Nunesning Evropaga transferi barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunes Saudiya Arabistonida qoladigan bo'ldi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, urugvaylik futbolchining «Fenerbaxche»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, uning Turkiyaga transferi amalga oshmaydigan bo'ldi. Tomonlar kelishuvga yaqin ham kelishmagan.
Darvin Nunes o'tgan yilning avgust oyida «Liverpul»dan 53 million evro evaziga «Al-Hilol»ga o'tgan edi. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, hujumchining hozirgi bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi. 26 yoshli futbolchining Saudiya klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. «Benfika»ning sobiq yulduzi joriy mavsumda Ar-Riyod jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
309