Vlaxovichning agenti «Milan»dan katta mablag' talab qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480

«Milan» hamon «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovichga da'vogarlik qilmoqda, biroq ushbu kelishuvni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi.
26 yoshli futbolchi «keksa sinora» bilan mavsum yakunida tugaydigan shartnomasini uzaytirishi dargumon. «Rossonerilar» serbiyalik hujumchini o'z tomonlariga og'dirib olishdan umid qilishmoqda, lekin uning talablarini bajara olishlari shubhali: jurnalist Daniele Longoning ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining agenti 20 million evro miqdorida katta miqdordagi komission to'lovlarni talab qilmoqda. Shuningdek, futbolchining yuqori maoshi ham jiddiy muammo bo'lib qolmoqda.
Dushan Vlaxovich 2022 yil boshidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 17 ta o'yinda ishtirok etib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
299