Yamal La Ligada chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

Kataloniyaning «Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal Ispaniya La Ligasining joriy mavsumidagi chempionlik poygasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu juda og'ir va davomli turnir. Hech narsa oxirigacha hal bo'lmaydi. Biz so'nggi turgacha kurashishimiz kerak. Ochko to'plash va mag'lubiyatga uchramaslik lozim. Har bir bahs katta ahamiyatga ega. Umid qilamizki, hammasi biz kutgandek bo'ladi», - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Ispaniya chempionatining 22 turidan so'ng «ko'k-anorranglilar» 55 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xans-Diter Flik shogirdlari Madridning «Real» klubini bir ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324