Kivu Diufning o'yini va tanqidlar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa yarim himoyachisi Andi Diuf haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«U yangi muhitga tushib qolgan yosh yigit va asta-sekin o'z salohiyatini namoyish etmoqda. Bugun ham uning o'yinida ham yaxshi, ham yomon vaziyatlar bo'ldi, lekin u jamoaga o'z hissasini qo'shish ishtiyoqi bilan to'la. Biz uning qilayotgan ishlaridan mamnunmiz. Ehtimol, kimlardir undan ko'prog'ini kutgandir, balki men ham qaerdadir xatoga yo'l qo'ygandirman, lekin men xursandman», — deya Kivuning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
«Inter» Diufni yozgi transfer oynasida «Lans»dan 20 million evro evaziga sotib olgan edi. «Neradzurrilar» tarkibida 22 yoshli frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 14 ta o'yin o'tkazib, uchta gol urishga erishdi.

Bosh sahifaga
299