Subimendi "Real" haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

"Arsenal" yarimhimoyachisi Martin Subimendi "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Real"ga men kerakmanmi? Men bunday deb o'ylamayman. "Real"da muvaffaqiyatga erishish uchun ko'plab futbolchilar bor. Shuning uchun yo'q", - deya Subimendining so'zlarini keltiradi Cadena SER.
Martin Subimendi "Arsenal"ga 2025 yilda "Real Sosedad"dan 70 million evro evaziga o'tgandi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum "kanonirlar" safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ispaniyalikni 75 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302