Gvardiola "Manchester Siti"dagi kelajagini belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola katta ehtimol bilan "shaharliklar"ni tark etadi.
VVS ma'lumotiga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis 2027 yilda muddati tugaydigan Manchester klubi bilan shartnomani uzaytirmasligi kutilmoqda. Gvardiola joriy mavsum yakunlangach "Manchester Siti"ni tark etadimi yoki kelishuvni oxirigacha etkazadimi, hozircha noma'lum.
Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yilda qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida "shaharliklar" olti marta Angliya chempioni bo'lgan, to'rt marta Liga kubogi, uch marta Angliya Superkubogi, ikki marta Angliya kubogi, shuningdek, bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356