Xabi Alonsoning agentlari "Liverpul" bilan muzokara o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322

"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso "Liverpul"ni boshqarishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassisning vakillari ingliz klubi bilan shu yilning boshida, "qizillar" ustozi Arne Slotning kelajagi so'roq ostida qolganda bog'langan. Biroq, "Liverpul" hozircha niderlandiyalikni iste'foga chiqarmoqchi emas, u rahbariyatning ishonchiga sazovor bo'lmoqda. Agar vaziyat o'zgarsa, "qizillar" Alonso agentlari bilan yana bir bor muzokara o'tkazishga tayyor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2004-2009 yillarda "Liverpul" sharafini himoya qilgan. Mutaxassis 12 yanvar kuni "Real" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355