"Liverpul" "Sanderlend" darvozaboni uchun 60 million evro to'lashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

"Sanderlend" darvozaboni Robin Rufs faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.
Football Insider xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchini "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizillar" 23 yoshli posbon transferiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. "Sanderlend" yozda o'z futbolchisini taxminan 60 million evroga sotishga tayyor bo'ladi.
Robin Ruf 2025 yilda "Neymegen"dan 10 million evro evaziga "Sanderlend"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda darvozabon "qora mushuklar" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol o'tkazib yubordi va sakkizta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351