Krishtianu Ronaldu 41 yoshga to'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

5 fevral, payshanba kuni tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri - Krishtianu Ronaldu tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Yulduz hujumchi endi 41 yoshda.
Futbol uchun bu katta yosh, ammo Ronaldu ajoyib formada va faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapti. Krishtianu 1000 gollik nuqtani zabt etish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Hozirda portugaliyalik hisobida 961ta gol bor.
Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 5 marta "Oltin to'p" sohibi bo'lgan. Portugaliyalik futbolchi "An-Nasr"da uch yildan ortiq vaqt o'tkazdi.
Ronaldu yozda Portugaliya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353