Gavining jarohatdan qaytish sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300

"Barselona" yarimhimoyachisi Gavi tez orada jarohatidan so'ng maydonga qaytishi mumkin. Mavsum boshida 21 yoshli futbolchi tizzasidagi muammolar tufayli operatsiya qilinishiga to'g'ri kelgandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda: oy oxiridayoq shifokorlar xavbekning maydonga qaytishiga ruxsat berishi kutilmoqda. Tez orada yosh ispaniyalik umumiy guruhda mashg'ulotlarga kirishadi.
Gavi joriy mavsum "Barselona" safida 2 ta o'yinda maydonga tushdi. O'tgan yilning boshida futbolchi Kataloniya grandi bilan 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi.
Xans-Diter Flik jamoasi La Liga musobaqa jadvalida "Real"ni 1 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
353