Ta Upamekanoning "Bavariya"da qolish qaroriga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

"Bavariya" markaziy himoyachisi Jonatan Ta klubning Dayo Upamekano bilan kelishuviga izoh berdi.
"Men unga kuniga yuz marta shartnomani uzaytirishni aytgandim. Agar u endi haqiqatan ham shunday qilsa, juda xursandman, chunki u biz uchun juda muhim", - deya Ta so'zlarini keltiradi jurnalist Kerri Hau.
"Bavariya" hali Upamekano bilan yangi bitim imzolaganini e'lon qilgani yo'q, biroq turli nufuzli manbalarning xabar berishicha, bu yaqin orada amalga oshishi muqarrar. 27 yoshli frantsuzning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364