"Real" futbolchilari kislorod niqoblarida mashq qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

"Real" futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Antonio Pintus qo'l ostida kislorodli niqobda mashg'ulot o'tkazishdi.
AS ta'kidlaganidek, bu niqoblar baland tog' sharoitida ishlashni taqlid qilmaydi, balki har bir o'yinchining maksimal yuklama darajasi va kislorod iste'mol qilish darajasini belgilaydi va butun mashg'ulot davomida ishlatilmaydi.
"Har qanday maksimal yuklamali test 15-20 daqiqadan oshmaydi, chunki uni maksimal darajada bajarish kerak. Bunday testning maqsadi - organizmni maksimal darajaga etkazish va shu paytda qancha miqdordagi havoni o'zlashtira olishingizni tushunishdir", - dedi jismoniy faollik, fizioterapiya va sport yo'nalishi direktori Raul Notario.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359