Vlaxovich ma'lum shartlar asosida «Yuventus»da qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9707

Hujumchi Dushan Vlaxovich ma'lum shartlar asosida «Yuventus»da qolishi mumkin.
La Stampa nashrining ma'lumotlariga ko'ra, forvard Turin klubida qolishi uchun yiliga 12 million evroni tashkil etadigan ish haqini bir necha mavsumga taqsimlashga rozi bo'lishi kerak. Shu kungacha serbiyalik futbolchi bunday variantni rad etib kelgan, shuning uchun u bunday yo'l tutishi ehtimoli kam.
Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 83 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Turin klubi safida barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362