«Chelsi» va «Vest Xem» futbolchilari o'rtasidagi janjal bo'yicha qaror chiqariladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49

Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat chempionati 24-turidan o'rin olgan bahsdagi tartibsizlik uchun «Chelsi» va «Vest Xem» klublarini jazolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Uchrashuv londonliklarning 3:2 hisobidagi irodali g'alabasi bilan yakunlandi. Assotsiatsiya vakillarining fikricha, har ikki jamoa futbolchilari o'zlarini nomaqbul tutishgan. Ayblovlar o'yin yakunidagi vaziyat bilan bog'liq: o'shanda «Vest Xem» vingeri Adama Traore «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya bilan to'qnashib ketgan, so'ngra Kukurelyaning jamoadoshi Joao Pedro Traoreni itarib yuborgan.
Bir necha soniya ichida voqeaga boshqa futbolchilar ham aralashib ketgan. VAR ko'rib chiqilgach, «Vest Xem» himoyachisi Jan-Kler Todibo agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan.
Klublar 6 fevralga qadar yuz bergan holat yuzasidan o'z munosabatini bildirishi kerak.

Bosh sahifaga
359