«Arsenal» «Bavariya»ning yosh iste'dodi Lennart Karlga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

«Bavariya» yarim himoyachisi Lennart Karl faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Londonning «Arsenal» klubi yosh iste'dod bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Myunxen jamoasi o'z futbolchisini 80–90 million evroga baholamoqda.
Lennart Karl «Bavariya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Germaniyaning amaldagi chempionlari bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda yosh xavbek myunxenliklar safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Karlni 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
257