Bernardu Silva kelajak uchun klub tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
"Diario SPORT" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi "Barselona"ga o'tish niyatida. U Kataloniya klubi rahbariyatiga shu yozda, "shaharliklar" bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilishni xohlayotganini ma'lum qilgan. Biroq "Barselona" rahbarlari yarim himoyachini sotib olishning maqsadga muvofiqligiga to'liq ishonchi komil emas.
Bernardu Silva 2017 yilda "Monako"dan "Manchester Siti"ga 50 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
160