Kante «Fenerbaxche» safida qancha daromad topishi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1171

Frantsiyalik yarimhimoyachi N’Golo Kante Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi bilan tuzgan shartnomasi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Xavbek qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasidan Superliga klubiga ko'chib o'tgan. Sports Digitale nashri X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi Istanbulda ikki yarim yil ichida 40 mln evrodan ortiq mablag' ishlab topadi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Kante «Fenerbaxche»ga o'tishda 14,4 mln miqdorida mukofot puli olgan. 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan qismi uchun frantsiyalik futbolchi klubdan 5,5 mln evro oladi. Keyingi ikki mavsumda esa yarimhimoyachining yillik maoshi 11 mlnni tashkil qiladi.
Shu tariqa, futbolchi turk klubida ikki yarim mavsum davomida jami 41,9 mln evro mablag' ishlab topadi. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishidan avval N’Golo Kante Angliyada Londonning «Chelsi» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Bosh sahifaga
330