XXI asrning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 667

Canal+ jurnalistlari XXI asrning eng yaxshi darvozabonlari reytingini tuzdi. Taqdim etilgan ro'yxatda birinchi o'rinni Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni germaniyalik Manuel Noyer egalladi.
Ikkinchi pog'onadan Italiya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi sobiq darvozaboni Janluidji Buffon joy olgan. Top-3 likni "Real"ning amaldagi birinchi raqamli futbolchisi Tibo Kurtua yakunlab berdi.
XXI asrning eng kuchli darvozabonlari o'ntaligiga shuningdek, Iker Kasilyas (Ispaniya), Oliver Kan (Germaniya), Petr Chex (Chexiya), Edvin van der Sar (Niderlandiya), Fabian Bartez (Frantsiya), Ugo Loris (Frantsiya) va Keylor Navas (Kosta-Rika) kiritilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336