Arbeloada "Real" futbolchilari bilan muammolar boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa kiyinish xonasida allaqachon bosim ostida. Bu haqda El Larguero xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ba'zi futbolchilar Arbeloni hech qanday ijobiy o'zgarish bo'lmaydigan vaqtinchalik murabbiy deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, jamoa Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga (2:4) qarshi o'yinda Dani Sebalos maydonga tushmaganidan hayron bo'lgan. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, "Rayo Valekano"ga (2:1) qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani futbolchilar bilan ko'plab kelishmovchiliklar tufayli qoldirilgan edi.
Arbeloa "Real"ni shu yilning yanvarida qabul qilib, Xabi Alonsoning o'rnini egallagandi. 22-turdan so'ng "qaymoqranglilar" 54 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
322