«Milan» himoyachisi to'liq APL klubi a'zosiga aylanadi. «Real» bu transferdan 10 million evro atrofida mablag' ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1290

Himoyachi Aleks Ximenes yaqin vaqt ichida «Milan»dan «Bornmut» klubiga doimiy asosda ko'chib o'tadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra:
«Bornmut» joriy hafta yakuniga qadar 20 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini 19,5 mln evro hamda qo'shimcha 5,3 mln evro bonus evaziga hal qiladi.
Ushbu mablag' «Milan» hamda futbolchining sotuvidan 50% ulush olish huquqiga ega bo'lgan Madridning «Real» klubi o'rtasida teng taqsimlanadi.
Ximenes «olchalar» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, «Bornmut» Ximenesni o'tgan yilning sentyabr oyida «Milan»dan ijaraga olgan edi. O'shandan beri himoyachi barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
445