O'FA Osiyo Kubogi-2031 mezbonligi uchun qo'shma ariza topshirilganini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1237

Kuala-Lumpur shahrida o'tgan OFKning 35-Kongressida tashkilot prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa tomonidan ilgari surilgan taklifga muvofiq, 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kubogi mezbonlarini bitta Kongressda tasdiqlash imkoniyati ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.
Shu bilan birga, Osiyo Kubogi—2035 musobaqasini o'tkazish istagini bildirgan a'zo assotsiatsiyalardan arizalarni qabul qilish jarayoni yakunlandi. Ma'lum qilinishicha, 2031 yilgi turnir uchun ariza topshirish jarayoni o'tgan yilda yakunlangan bo'lib, qit'a bo'ylab katta qiziqish uyg'otgan edi.
OFK Prezidentining tashabbusiga ko'ra, 2035 yilgi musobaqa mezbonligi uchun ariza topshirish takliflari a'zo assotsiatsiyalarga 2025 yil 27 avgust kuni yuborildi va arizalarni qabul qilish muddati 2025 yil 31 dekabrda yopildi.
Quyidagi davlatlar Osiyo Kubogi—2031 mezbonligi uchun rasmiy nomzod sifatida qolmoqda:
Osiyo Kubogi—2031 mezbonligiga nomzodlar:
Avstraliya
Hindiston
Indoneziya
Koreya Respublikasi
Quvayt
Qo'shma ariza: O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston
Shuningdek, quyidagi a'zo assotsiatsiyalar Osiyo Kubogi—2035 musobaqasini o'tkazishga rasman qiziqish bildirgan:
Osiyo Kubogi—2035 mezbonligiga da'vogarlar:
Avstraliya
Yaponiya
Koreya Respublikasi
Quvayt
Endilikda OFK nomzod a'zo assotsiatsiyalar bilan birgalikda belgilangan tartib, muddatlar va baholash jarayonlariga muvofiq zarur hujjatlarni topshirish bo'yicha ish olib boradi.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Bosh sahifaga
441