"Paxtakor" yakuniy yig'in uchun Turkiyaga yo'l oldi (+Qaydnoma)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini o'tkazish uchun bugun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketdi.
Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi «sherlar» 4–17 fevral kunlari davomida Antaliya yig'inida ishtirok etishadi. Mazkur yig'in mavsum oldi tayyorgarlikning yakuniy qismi hisoblanib, unda asosiy e'tibor taktik va jismoniy holatni yuqori darajaga olib chiqishga qaratiladi.
Bosh murabbiy ushbu yig'inga 24 nafar futbolchini jalb etgan. Tayyorgarlik jarayoni nafaqat mashg'ulotlar, balki boy o'yin amaliyoti bilan ham davom etadi. Rejaga ko'ra, «Paxtakor» Antaliyada 6 ta nazorat bahsida maydonga tushishi ko'zda tutilgan.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
441