Reshford "gol+pas" tizimida 10+10 ko'rsatkichiga erishgan "Barselona"ning 3-futbolchisi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

"Barselona" vingeri Markus Reshford joriy mavsumda gollar va golli uzatmalar soni bo'yicha ikki xonali ko'rsatkichlarga etdi.
Angliyalik futbolchi Ispaniya Kubogi doirasida "Albasete"ga qarshi kechgan o'yinda Ronald Arauxoga golli pas etkazib berdi. Endilikda Reshford hisobida joriy mavsumdagi barcha turnirlarda o'nta gol va o'nta golli uzatma mavjud. Opta ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi La Ligada bu natijaga erishgan uchinchi vakilga aylandi. Avvalroq "Barselona"ning yana ikki a'zosi — Lamin Yamal (14+12) va Fermin Lopes (10+11) ushbu dovondan o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, Markus Reshford o'tgan yilning yozida Kataloniya klubiga kelib qo'shilgan — u "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
441