Rays holati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Londonning "Arsenal" klubi markaziy yarim himoyachisi Deklan Rays Angliya liga kubogi yarim finali doirasida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'zining jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
"Ochig'ini aytsam, men shunchaki charchab qoldim, taqvim haqiqatdan ham aql bovar qilmaydigan darajada tig'iz bo'ldi. Bugungi o'yinda ham, dastlabki bahsda ham hammasi boshqacha tugashi mumkin edi", — deya ingliz futbolchisining so'zlarini keltirmoqda BBC.
Joriy mavsumda Rays "Arsenal" libosida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391