Ronaldu "An-Nasr" bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

"An-Nasr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdagi vaziyatdan hafsalasi pir bo'ldi va shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqdi, deb yozadi The Touchline X ijtimoiy tarmog'ida. Manbaga ko'ra, Ronaldu "An-Nasr"dagi ta'siri pasayganini, asosiy qarorlarni qabul qilishda uning fikri ahamiyatga ega emasligini ta'kidlamoqda.
Avvalroq, Krishtianu Saudiya klubida o'zini baxtsiz his qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ronaldu "An-Nasr" safida 2023 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Nufuzli Transfermarkt internet portali hujumchining transfer narxini 12 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388