"Arsenal" Leon Goretskani nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan "Bavariya" yarimhimoyachisi Leon Goretska faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Germaniyalik xavbek xizmatiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Bayern Insider nashri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd etilishicha, Goretskaning o'zi kuchli ingliz futboli unga mos kelishiga ishonchi komil. Leon mavsumni "Bavariya"da yakunlab, Angliyaga yo'l olmoqchi.
Joriy mavsumda Leon klub miqyosida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Yarim himoyachining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392