Tonali "Nyukasl"dan ketmoqchi emasdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1250

"Nyukasl" yarimhimoyachisi Sandro Tonali qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmagan edi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Tonali "Yuventus" va "Arsenal"dan qiziqish borligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "Nyukasl"ni tark etish haqida o'ylamagan. Qolaversa, klubning o'zi uni yanvarda sotmoqchi emasdi. Shu bilan birga, futbolchining rejalari mavsum yakunlanganidan keyin o'zgarishi mumkinligi ta'kidlanmoqda, chunki unga bir nechta klublardan haqiqatan ham jiddiy qiziqish bor.
Tonali 2023 yildan beri "Nyukasl" sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "qarg'alar" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
346