«Etihad»da hal qiluvchi jang: «Man Siti» va «Nyukasl» o'yini uchun taxminiy tarkiblar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

Bugun tunda Angliya Liga Kubogi finalining ikkinchi ishtirokchisi nomi ma'lum bo'ladi. «Arsenal» allaqachon final yo'llanmasini hal qilgan bir paytda, «shaharliklar» va «qarg'alar» ikkinchi chipta uchun kurashadilar.
«Manchester Siti»: Husanov yana asosiy tarkibdami?Gvardiola jamoasida himoya chizig'ida jiddiy yo'qotishlar bor. Ruben Diash mashg'ulotlarga qaytgan bo'lsa-da, uning bugun ilk daqiqalardan tushishi so'roq ostida. Stounz va Gvardiol hamon lazaretda. Yangi xarid qilingan Mark Gexi esa turnir qoidalariga ko'ra (ro'yxatdan o'tmagan) bugun o'ynay olmaydi. Bu esa hamyurtimiz Abduqodir Husanovning yana asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatini keskin oshirmoqda.
Taxminiy tarkib (4-2-3-1): Trafford — Nunes, Husanov, Ake, Ait-Nuri — Rodri, O’Rayli — Foden, Bernardu Silva, Semeno — Xoland.
«Nyukasl»: Eddi Xauning «bosh og'rig'i»Mehmonlar tarkibida ham yo'qotishlar etarli. Jamoa etakchisi Bruno Gimarayns va Joelinton jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, himoyachi Fabian Sher va Livramento ham safdan chiqqan. Biroq Sven Botmanning safga qaytgani «qarg'alar» muxlislarini ozgina bo'lsa-da xursand qilishi mumkin.
Taxminiy tarkib (4-3-3): Poup — Tripper, Tiav, Botman, Xoll — Tonali, Uillok, Remzi — Barns, Vissa, Gordon.
Uchrashuv haqida qisqacha:Boshlanish vaqti: 01:00 (Toshkent)
Stadion: «Etihad», Manchester
Birinchi o'yin: 2:0 («Man Siti» foydasiga)

Bosh sahifaga
342