«Strasburg» 50 million evrolik taklifni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 843

Frantsiyaning «Strasburg» klubi qishki transfer oynasida bir nechta futbolchilarini sotgan bo'lsa-da, hujumchi Xoakin Panichellini jamoada olib qolishga qaror qildi. Alsa Sports nashrining xabariga ko'ra, klub futbolchi uchun berilgan 50 million evrolik taklifga rad javobini bergan.
Bundan tashqari, «Strasburg» Gela Due va Diego Moreyralarni 45 million evroga sotish borasidagi takliflarni ham qabul qilmagan. Eslatib o'tamiz, Panichelliga avvalroq Angliyaning «Kristal Pelas» klubi jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Panichelli 28 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
318