Ronaldu va «An-Nasr» o'rtasidagi ziddiyat barham topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60

Krishtianu Ronalduning «An-Nasr» klubi bilan bo'lgan ziddiyati yakunlandi. Tomonlar mavjud kelishmovchiliklar borasida murosaga kelishdi va portugaliyalik yulduzning jamoada qolishi ehtimoli juda yuqori baholanmoqda.
Insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi yangi mavsumda transferlar uchun «An-Nasr»ga ko'proq mablag' ajratadigan bo'ldi. Aynan shu shart Ronalduning asosiy talabi edi va endilikda u jamoada qolishga tayyor.
Avvalroq, Krishtianu klub boshqaruvi va byudjetning kamligidan norozi bo'lib, «An-Nasr» o'yinlariga boykot e'lon qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354