«Ayaks» argentinalik iqtidorli hujumchi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Amsterdamning «Ayaks» klubi rasmiy saytida yangi futbolchi — qanot hujumchisi Maer Karriso jamoaga kelib qo'shilganini e'lon qildi.
19 yoshli futbolchi Argentinaning «Veles Sarsfild» klubidan 6 million evro evaziga sotib olindi. Karriso va «Ayaks» o'rtasidagi shartnoma 2030 yilning yoziga qadar imzolangan. Niderlandiya grandi safida yosh hujumchi 7-raqam ostida to'p suradigan bo'ldi.
Maer Karriso «Veles Sarsfild» safida 2024 yildan beri harakat qilib kelayotgan edi. U argentinaliklar tarkibida jami 52 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Ayni damda «Ayaks» Niderlandiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326