Ruben Amorim mavsum yakunigacha «Manchester Yunayted» haqida gapirmaslikka qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim yaqin orada o'z iste'fosi mavzusini ko'tarmoqchi emas. Portugaliyalik mutaxassis yanvar oyi boshida lavozimidan ozod etilgan edi.
Jurnalistlar Kris Uiler va Neytan Soltning ma'lumotlariga ko'ra, murabbiy mavsum yakunlanmaguncha sukutni buzish niyatida emas va klubdan ketishi haqida bayonot bermaydi. Mutaxassis mavsum avjida matbuotda shov-shuv ko'tarib, jamoadagi muhitga salbiy ta'sir o'tkazishni va maqsadlarga erishishda xalaqit berishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, Ruben Amorim 2024 yilning noyabr oyidan buyon «qizil iblislar»ni boshqarib kelayotgan edi. Angliyaga kelishdan avval u Lissabonning «Sporting» klubida faoliyat yuritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317