Rakitich: «Bavariya» bu iqtidorni qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1622

«Barselona» va Xorvatiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich o'z hamyurti Luka Vushkovichga «Bavariya»ga o'tishni maslahat berdi. 18 yoshli futbolchi ayni damda «Tottenxem»ga tegishli hisoblanadi.
«Hozir butun Evropa u haqida gapirmoqda. «Bavariya» uni o'z safiga qo'shib olish uchun hamma narsani qilishi kerak. Men bu yigit o'sha erga o'tishi lozim deb hisoblayman. Unda eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri bo'lish uchun barcha narsa mavjud. «Tottenxem» uni yozdan keyin o'z safida olib qola oladimi yoki yo'qmi, men uchun juda qiziq. Menimcha, u top-klublardan biriga o'tish orqali keyingi qadamni tashlashga tayyor. Men uchun Evropada bunday klublar bor-yo'g'i 4 yoki 5 ta», — deya Rakitichning so'zlarini keltirmoqda Sky Germany.
Joriy mavsumda Vushkovich ijara asosida «Gamburg» sharafini himoya qilmoqda. U 19 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 4 ta ogohlantirish oldi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
296