Luvumbo La Ligaga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

Italiyaning «Kalyari» klubi futbolchisi jamoani tark etganini e'lon qildi — Zito Luvumbo Ispaniyaning «Malorka» klubiga ijaraga berildi. Agar futbolchi yangi jamoasiga moslashib keta olsa, orolliklar uni boshqa italyan klubidan to'rt million evro evaziga sotib olishlari mumkin bo'ladi.
«Biz futbolchiga mehnatdagi fidoyiligi hamda to'rt yil davomida doimiy ravishda namoyish etgan kasbiy va insoniy o'sishga bo'lgan intilishi uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deya «Kalyari» klubi ketayotgan futbolchiga xayrlashuv so'zlarini yo'lladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284