O'yin paytida telefondan foydalangan «Qizilqum» shifokori jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307

Futbol uchrashuvlari vaqtida rasmiy shaxslar tomonidan tartib-intizomga rioya etilishini ta'minlash maqsadida quyidagi rasmiylar jarimaga tortildi.
Jumladan, Superliganing 1-turi doirasidagi “Qizilqum”-“Nasaf” futbol klublari o'rtasidagi bo'lib o'tgan uchrashuv vaqtida futbol klubi shifokori Olimxon Ne'matov texnik zonada telefondan foydalangani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.13-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Superliganing 1-turi doirasidagi “Mash'al”-“So'g'diyona” futbol klublari o'rtasidagi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng “So'g'diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etmagani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.17-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Bosh sahifaga
200