Darvin Nunes ham Saudiyani Turkiyaga almashtirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi transfer bozorida faollikni davom ettirmoqda. 3 fevral kuni jamoa "Al-Ittihod"dan yarim himoyachi N'Golo Kanteni o'z safiga qo'shib oldi, yaqin vaqt ichida esa "Al-Hilol" hujumchisi Darvin Nunes transferini yakunlashga umid qilmoqda.
Turkiya klubi rahbariyati Nunesni 6 oyga ijaraga olish bo'yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda jurnalist Serkan Hamzaog'lu xabar bermoqda. Agar Nunes bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolsa, "Fenerbaxche" "Roma"dan Artyom Dovbikni sotib olish variantini ko'rib chiqadi.
Joriy mavsumda 26 yoshli urugvaylik futbolchi klub miqyosidagi 22 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286