Mikel Arteta: «Biz to'xtab qolmoqchi emasmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Liga kubogi yarim finali doirasidagi «Chelsi» ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng o'z taassurotlarini bildirdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:2 hisobida ustun kelgan «to'pchilar»ga 97-daqiqada Kay Xaverts tomonidan kiritilgan gol yakuniy g'alabani taqdim etdi.
«Muhim kecha, hammasi ideal tarzda yakunlandi. Biz juda qiyin bo'lishini bilardik. Jamoa ajoyib tarzda kurashdi va nima qilish kerakligini tushunib harakat qildi. Albatta, bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Futbolchilar kimga qarshi o'ynashimizdan qat'i nazar, oxirigacha bora olishimizga tobora ko'proq ishonishmoqda. Ular buni har kuni isbotlashlari kerak. Endi shanba kuni maydonga tushib, hammasini takrorlashimiz lozim — biz to'xtab qolmoqchi emasmiz», — deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirdi BBC.
Finalda «kanonirlar» «Manchester Siti» yoki «Nyukasl» jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushishadi.

Bosh sahifaga
266