Skudetto uchun poyga: «Milan» ta'qibni davom ettirmoqda (Turnir jadvali)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

«Milan» A Seriyaning 23-turi yakunlariga ko'ra «Inter»ning o'zidan uzoqlashib ketishiga yo'l qo'ymadi.
Jadvalda peshqadamlik qilayotgan «neradzurrilar» 1 fevral kuni «Kremoneze»ni mag'lub etishgandi (2:0). «Rossonerilar» esa bugun «Bolonya»ni tor-mor keltirdi — 3:0.
23 turdan so'ng «Inter» 55 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. «Milan»da undan 5 ochko kam, «Napoli»da 9, «Yuventus»da esa 10 ochko kam. Keyingi o'rinlardan «Roma» (43) va «Komo» (41) joy olgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263