«Barselona» ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

«Barselona» ketma-ket beshta o'yindan beri g'alaba qozonmoqda. Bugun Xans-Diter Flik shogirdlari Ispaniya Kubogi chorak finalida «Albasete»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu kataloniyaliklar uchun barcha turnirlar doirasidagi so'nggi 17 o'yindagi 16-g'alaba bo'ldi. Ushbu davr mobaynidagi yagona mag'lubiyat La Liga doirasida «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda (1:2) qayd etilgan.
7 fevral kuni «blaugrana» Ispaniya chempionati doirasida «Malorka» bilan kuch sinashadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273