«Andijon» Mahmud Mahamadjonov transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

Yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" selektsiya ishlarini ham davom ettirmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Andijon”ning Antaliyadagi yig'iniga yangi futbolchi — Mahmud Mahamadjonov qo'shildi.
Ushbu futbolchi bilan uch yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Mahamadjonov 2003 yilning 30 iyun sanasida tavallud topgan. Bunga qadar u “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Dinamo”da to'p tepgan. O'tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasini ijara asosida aynan “Dinamo”da o'tkazgan.
Umumiy hisobda himoyachi 80 ta o'yinda maydonga tushgan va 3 ta gol urib, 6 ta assistni amalga oshirgan.
Mahamadjonov 2023 yili U20 terma jamoamiz bilan Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan.
Manba: «Andijon» klubi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272