«Andijon» qozoq klubiga qarshi o'yinda jarohat olgan 2 futbolchisining holati bo'yicha bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6132

Ma'lumki, “Andijon”ning “Shaxtyor” (Qozog'iston) klubiga qarshi o'tkazilgan va oxiriga etmay qolgan o'rtoqlik uchrashuvida "lochinlar" a'zolari - Abdulvohid G'ulomov va Abdurahmon Komilov olgan jarohatlari sababli shifoxonaga olib borilgandi. Jamoa bosh shifokori ushbu futbolchilar haqida ma'lumot berdi.
Unga ko'ra, G'ulomovda 1,5 santimetr atrofida o'ng quloq yirtilishi jarohati bilan operatsiya qilindi. LOR tavsiyasi bilan kompyuter tomografiyadan o'tkazilgan. Hozirda Abdulvohidning ahvoli qoniqarli. Davolanish reja asosida davom etyapti.
Komilovga esa bosh miyani yopiq jarohat olishi va o'rta darajadagi bosh miya chayqalish tashxisi qo'yildi. Nevropatolog tavsiyasi bilan kompyuter tomografiya qilingan. Ayni paytda Abdurahmonning ham holati qoniqarli. Davolanishi davom etyapti.
«Futbolchilarimizga shifoxonadan ruxsat berishdi va ayni paytda jamoamiz shifokorlarining nazoratida. Umid qilamizki, ular tez orada sog'ayib yana mashg'ulotlarga qo'shiladilar.
Biz barcha futbolchilarimizga sog'lik tilaymiz», - deyiladi klub bayonotida.
Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
270