Manba: Kante «Al-Ittihod» bilan shartnomani bekor qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 866

N’Golo Kante, ehtimol, baribir «Fenerbaxche»ga o'tadi.
beIN Sports’ning Turkiya bo'limi xabar berishicha, yarim himoyachi va Istanbul klubi «Al-Ittihod»ni futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga ko'ndirgan.
Shartnoma bekor qilingach, «Fenerbaxche» 34 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qiladi. Kelishuv haqida bugun xabar berilishi kutilmoqda.
Avvalroq turk klubi Kante transferi barbod bo'lishida «Al-Ittihod»ni ayblagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273