Taekvondochilarimiz nufuzli turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3201

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida turli yosh toifalari o'rtasida taekvondo WT bo'yicha davom etayotgan “Fujairah Open-2026” xalqaro turnirining kattalar musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Dunyoning bir qator davlatlarining etakchi taekvondochilari ishtirok etgan murosasiz janglarda o'z vazn toifalarida terma jamoamiz a'zolaridan Najmiddin Qosimho'jaev va Yodgor Jo'raboev oltin, Omonjon Otajonov, Mironshoh Muzaffarov, Jasur Jaysunov, Marat Mavlonov, Sofiya Xan, Madina Mirabzalova kumush, Kamron Mansurov, Shamsiddin Qurbonov, Diyor To'xliboev, Laylo Zaynitdinova, Sevinch Hayitova, Iroda Mirtojieva bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 5 fevralga qadar davom etadigan turnirda yoshlar va o'smirlar o'rtasida ham musobaqalar bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
249