Kante «Al-Ittihod» mashg'ulotlarini boykot qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2784

Frantsiyalik yarim himoyachi N'Golo Kante transferi barbod bo'lgach, mashg'ulotlarni boykot qilishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubidan Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga o'tishi kerak edi, ammo "Al-Ittihod" vakillari transfer hujjatlarini rasmiylashtirishda xatoga yo'l qo'ygani sababli transfer amalga oshmadi. Bo'lib o'tgan voqea Kanteni qattiq ranjitdi.
Turkiyada transfer oynasi 6 fevralgacha ochiq, ammo Saudiya Arabistonida allaqachon yopilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293