Arshavin: "Zenit" Messini tarkibga qo'shib olsa, chempionlikni qo'lga kiritardi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Zenit"ning sobiq hujumchisi Andrey Arshavin forvard Jon Duran Sankt-Peterburg klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Jon Duran kimligini va qaerda o'ynaganini bilmayman. Hech narsa deya olmayman. Imkoniyat bo'lganida, Messini "Zenit"ga qo'shib olardim. Men bunday futbolchidan voz kechmagan bo'lardim. U jamoani kuchaytirgan va chempionlikni olib kelgan bo'lardi", - deya Arshavinning so'zlarini keltiradi RB Sport.
Avvalroq OAVda Duran tez orada "Zenit"ga ijaraga berilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Sotib olish summasi 40 million evroni tashkil etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
295