Transfermarkt transfer oynasining so'nggi kunida amalga oshirilgan eng qimmat o'tishlarni qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 644

Transfermarkt statistik portali qishki oynaning so'nggi kunida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar o'nligini e'lon qildi. Reytingda "Vulverxempton"dan 49,7 mln evro evaziga "Kristal Pelas"ga o'tgan norvegiyalik hujumchi Yorgen Strann Larsen etakchilik qilmoqda.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, qishki oynaning so'nggi kunida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar top-10 ligi - 2025/2026:
1. Yorgen Strann Larsen, «Vulverxempton» — «Kristal Pelas», € 49,7 mln.
2. Ademola Lukman, «Atalanta» — «Atletiko», € 35 mln.
3. Djordj Ilenixena, «Monako» — «Al-Ittixad», € 33 mln.
4. Karim Benzema, «Al-Ittixad» — «Al-Xilyal», € 25 mln.
5. Saymon Buabre, «Neom» — «Al-Xilyal», € 23 mln.
6. Nilson Angulo, «Anderlext» — «Sanderlend», € 17,34 mln.
7. Rodrigo Mendosa, «Elche» — «Atletiko», € 16 mln.
8. Rudi Matondo, «Oser» — FK «Parij», € 15 mln.
9. Adrian Laxdo, «Xammarbyu» — «Komo», € 11,94 mln.
10. Ismael Kone, «Marsel» — «Sassuolo», € 10 mln.

Bosh sahifaga
289