Argentina terma jamoasi yulduzi «Real»ga o'tishni orzu qilishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

«Chelsi»ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes Madridning «Real» klubiga o'tishga tayyor. Bu haqda jurnalist Eduardo Inda xabar bermoqda.
Avvalroq «Real» 25 yoshli jahon chempioniga qiziqish bildirgani aytilgan edi. Manbaga ko'ra, Fernandes madridliklarga klubga qo'shilish istagi borligini etkazgan. «Qaymoqranglilar» safida o'ynash — argentinalik futbolchining orzusi.
Joriy mavsumda Entso Fernandes barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 85 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348