Nemis klubi Sterlingdan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

Londonning «Chelsi» klubining sobiq hujumchisi Rahim Sterling Berlinning «Union» jamoasiga taklif qilingan. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, bir necha kun oldin «Union»ga 31 yoshli Sterlingni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish taklifi kelib tushgan. Biroq nemis klubi muzokaralarga kirishmagan. Sterling hozircha yangi jamoa izlamoqda va erkin agent sifatida transfer oynasi yopiq bo'lsa ham istalgan klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Rahim Sterling 2022 yildan beri «Chelsi»da to'p tepayotgan edi. U klub safida 81 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 15 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343