Kenan Yildizning "Yuventus"dagi yangi shartnomasi bo'yicha qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Kenan Yildizning "Yuventus"dagi yangi shartnomasi bo'yicha qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, tez orada "keksa sinora" rahbariyati va 20 yoshli Yildizning agenti o'rtasida yangi uchrashuv bo'lib o'tadi, unda tomonlar hamkorlikni davom ettirish va 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladigan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzish masalasini muhokama qiladi.
Qayd etilishicha, Yildiz yangi shartnoma shartlariga ko'ra yiliga 6 million evro atrofida maosh oladi.
Bu mavsumda Kenan Yildiz "Yuventus" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
400